23:10 / 21.10.2019
3 828

DXX O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida yuzaga kelgan tirbandlikka izoh berdi

DXX O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida yuzaga kelgan tirbandlikka izoh berdi
Qozog‘istonning «Tajen» chegara bojxona posti va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan «Dovud ota» chegara bojxona posti o‘rtasidagi yo‘lda transport vositalarining to‘planishi va tirbandliklar yuzaga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati ma’lum qildi.

DXX tomonidan xabar berilishicha, Qozog‘istonning «Tajen» chegara bojxona postida uch kun mobaynida yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli haydovchilardan O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda boshqa yo‘nalishni tanlash so‘raladi.

O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati qozog‘istonlik chegarachilar yaqin vaqt ichida ushbu texnik nosozlikni bartaraf etishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq Qozog‘istonning «Tajen» chegara bojxona postidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Dovud ota» chegara bojxona postiga kirishda 40 ta «fura» tirbandlik sababli navbatda turgani haqida xabarlar tarqalgan va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi bu xabarlarga munosabat bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasida yuzaga kelgan tirbandlikka izoh berdi