14:07 / 22.10.2019
3 230

«Epika» o‘rindiqlari ichiga nimalar yashirilgan edi?

«Epika» o‘rindiqlari ichiga nimalar yashirilgan edi?
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga turli nayranglar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarni bojxonachilarimiz o‘z vaqtida bartaraf etishmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi G‘ishtko‘prik chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro N.J. boshqaruvidagi “Epika” rusumli avtomashina belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, qonunbuzar avtomashina o‘rindiqlari ichiga umumiy qiymati 4 million so‘mlik biologik faol qo‘shimchalarni mohirlik bilan joylab, bojxonachilarni chalg‘itishga uringani aniqlandi.

Ammo uning bu nayrangi ish bermadi va hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Epika» o‘rindiqlari ichiga nimalar yashirilgan edi?