16:26 / 22.10.2019
2 690

Nega egilib turamiz? Qachongacha?

Nega egilib turamiz? Qachongacha?
Kavkazliklar va yevropaliklarda bir xislatni kuzatganman. Erkakmi, ayolmi, yoshu-qarimi, bari qaddini rost tutib yuradi, birov oldida bo‘yin egmaydi. Ularni bolalikdan shunga o‘rgatishadi. Shuning uchun ularda boshqalar oldida o‘zini past tutish uchramaydi, mag‘rurlik ayb va hurmatsizlik hisoblanmaydi.

Bizda esa yoshi kattalar, mehmonlar oldida qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib, bo‘yinni egish, kattaroq lavozimlik shaxs oldida yelkani cho‘ktirib ta’zim qilib turishlar odatiy holga aylangan. Ko‘pincha o‘ylab qolaman, balki millatimizga xos shu harakatlardan qutulishimiz kerakdir? Chunki harakatlarimiz hissiyotimizga ta’sir qiladi, hissiyotimiz fikrlarimizni belgilaydi. Fikrlar esa kundalik qarorlarimizni shakllantiradi. Negadir shu qarorlar bizni o‘sishga to‘sqinlik qilyapti, ko‘pincha o‘z haqqimizni osonlikcha berib qo‘yaverib, vaziyat og‘irlashib, pichoq suyakka qadalguncha qo‘limiz ko‘ksimizdan tushmaydi.

Qaddi g‘oz, ko‘zga tik qaray olgan shaxsni onasidan so‘kish qiyin, vaqtini va molini osonlikcha tortib ololmaysiz. Lekin insonni butun umr xizmatkor, aybdor, mahbus xatti harakatiga ko‘niktirsa, u bilan har narsa qilish mumkin.

Tafakkurimizni o‘zgarishini xohlasak kundalik xatti harakatlarimizni sinchkovlik bilan kuzatib, zararli tana atvoridan to‘xtashimiz zarur, bolalar tarbiyasiga qullik odatlari kirib qolishidan ehtiyot bo‘laylik. Albatta bu rivojlanish uchun yetarli shart emas, lekin zaruriy shartlardan biri.
Jamshid Muslimov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega egilib turamiz? Qachongacha?