16:53 / 22.10.2019
3 714

Yashirilgan ishchilar kameral nazorati va xronometraj tadbirlarida aniqlanishi tayin

Yashirilgan ishchilar kameral nazorati va xronometraj tadbirlarida aniqlanishi tayin
Barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoroda ham tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznesi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. E’tiborlisi, hududda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani natijasida birgina Buxoro shahrida joriy yilgan o‘tgan davrida 1 573 ta turli xil ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ayni paytda mazkur yangi korxonalarda rasmiy ravishda ishga qabul qilingan 2 900 nafar dan ortiq fuqarolarga ish haqlari oyma-oy berib borilmoqda.
Kezi kelganda aytish kerakki, mamlakatimizda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilayotganiga qaramay, hamon soliqdan qochish maqsadida ishchilarini yashirishga harakat qilayotgan tadbirkorlar ham uchrab turibdi.

Ushbu holatlar, ayniqsa, viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan xronometraj tadbirlari va kameral nazoratlarida aniqlanmoqda.

Mazkur soliq qonunchiligi buzilishlari ko‘pincha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni tahlil qilishda aniqlanmoqda. Sir emas ayrim yirik miqdorda daromadga ega bo‘lgan korxonalar soliq hisobotlarida xodimlar sonini kamaytirib ko‘rsatishadi. Tabiiyki, shubhali holatlarni joyida o‘rganishga to‘g‘ri keladi.

Birgina misol, Buxoro shahridagi “Uz Prom Textile” mas’uliyat cheklangan jamiyati tomonidan joriy yilning 1 oktyabr holatida davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan hisobotida 43 nafar ishchi ko‘rsatilgan.
Ammo ushbu korxonada o‘tkazilgan xronometraj-ko‘zdan kechirish tadbirida bu yerda 6 nafar ishchi norasmiy faoliyat yuritib, korxona rahbaridan “konvert” usulida haq olib kelayotgani aniqlandi.

Davlat soliq xizmati xodimlari mazkur korxona rahbariga “konvert” usulida maosh olayotgan ishchilarning norasmiy ishlagan yillari ularning mehnat stajiga qo‘shilmasligi, bu o‘z navbatida mehnatga yarasha pensiya tayinlanmasligiga olib kelishi keng tushuntirildi.
Bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan tadbirkor shu kunning o‘zida ushbu norasmiy ishchilarning faoliyatini qonuniylashtirib qo‘ydi.

Endi ular ham korxona ishchilari singari mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan holda 800 ming so‘mdan 1 million 200 ming so‘mgacha oylik maoshlari oladigan bo‘lishdi.

Yana bir misol.
Buxoro shahri aholisiga sifatli transport xizmati ko‘rsatishni maqsad qilgan “Alixan trans servis” mas’uliyati jamiyatining faoliyati e’tiborga loyiq. Mazkur korxonaning zamonaviy avtobuslaridan foydalanayotgan yo‘lovchilar ham ularning xizmatidan mamnun.

Biroq, ana shunday e’tirofga loyiq korxonada ham soliq qonunchiligi buzilishlari ko‘zga tashlandi. Aniqlanishicha, 100 dan ortiq ishchi xodimlar faoliyat yuritayotgan mazkur korxonada ham 10 nafar ishchi norasmiy faoliyat yuritayotgan ekan.

Davlat soliq xizmati xodimlari korxona rahbariyati bilan uchrashuvda ularga ishchilarni norasmiy ishga jalb qilish soliq qonunchiligi talablariga zidligini tushuntirdilar.
E’tiborlisi, ishchilarni legallashtirish monitoringi tadbirida shu kuni jamiyat tomonidan ushbu 10 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi “Moxi-xossa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “Sayfullo mango” mas’uliyati cheklangan jamiyatida olib borilgan nazorat tadibirida ham 2 nafar ishchining norasmiy mehnat qilayotgani aniqlandi.

Davlat soliq xizmati xodimi bu yerda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlardan kelib chiqib ishchilarni yashirish orqali soliqdan qochishning hojati yo‘qligini aytib o‘tdi.

Xususan, tadbirkorlik sub’ekti vakili va ishchilariga joriy yildan boshlab, ish haqiga soliq yukini kamaytirish maqsadida byudjet tashkilotlari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalardan tashqari yuridik shaxslar uchun ish haqi fondidan to‘lanadigan yagona ijtimoiy to‘lov 15 foizdan 12 foizga, ish haqidan olinadigan daromad solig‘i barcha ishchilar uchun esa (eng yuqori stavkada) 22, 5 foizdan 12 foizga pasaytirilgani hamda 8 foizlik sug‘urta badali bekor qilinganligi natijasida norasmiy ishchilarni legallashtirishdan tadbirkor zarar ko‘rmasligi tushuntirildi.

E’tiborlisi, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 2 nafar norasmiy ishchining faoliyati qonuniylashtirilib, ularga mehnat daftarchalari ochildi. Endi ushbu fuqarolarning mazkur korxonada ishlagan davri mehnat daftarchasiga to‘liq yoziladi.

Soliq siyosati haqida so‘z borganda ilgari ko‘pchilik soliq stavkalarning yuqoriligini ro‘kach qilib soliqdan qochishga majburligini bildirardi. Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilgan soliq islohotlari tufayli soliq stavkalari yuqorida ta’kidlaganimizdek sezilarli darajada pasaytirildi. Quvonarlisi, buni to‘g‘ri anglagan ko‘plab tadbirkorlar o‘z biznesini qonuniy va shaffof yuritishga o‘tmoqda.

Buxoro shahridagi “Sanoatchilar” ko‘chasida faoliyat olib borayotgan “Bahmal group” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tkazilgan monitoring tadbirida bunga yana bir bor amin bo‘ldik.

E’tiborlisi, korxona mas’ullari bu yerda ishlovchi har-bir ishchining haq-huquqlarini hurmat qilgan holda amaldagi tartib-qoidalarni buzmaslikka harakat qilmoqdalar.

Bir so‘z bilan aytganda Buxoroda bu holatlarga barham berish uchun davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida olib borilayotgan tushuntirish ishlari o‘z samarasini bermoqda.

Raqamlar bilan aytganda joriy yilning o‘tgan davrida viloyat davlat soliq organlari xodimlari tomonidan jami 11847 ta xronometraj tadbiri o‘tkazildi. Buning natijasida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan norasmiy ravishda 39 809 nafar ishchi yollangani aniqlanib, ularning faoliyati rasmiylashtirildi.

Sohalar bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich yil boshidan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 9 072 ta; ishlab chiqarish korxonalarida 11 168 ta; qurilish korxonalarida 7 882 ta hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarida 12 284 nafar mehnat qilayotgan norasmiy ishchilarning faoliyati rasmiylashtirildi.
Buning natijasida 16 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha soliq hisoblandi.
Buxoro viloyati DSB
Axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashirilgan ishchilar kameral nazorati va xronometraj tadbirlarida aniqlanishi tayin