Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatda o‘tkazilgan monitoring tekshirishda, xususiy korxona rahbari M.G‘ulomov Xo‘jaobod tumani Chiroqchi MFY hududida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexini ijaraga olib, ushbu sexda diametri 159 mm bo‘lgan tabiiy gaz tarmog‘iga diametri 40 mm bo‘lgan rezina shlang orqali gaz hisoblagichdan tashqari ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, ohak sexi rahbari M.G‘ulomov tomonidan ta’minotchi korxona manfaatlariga 124 mln 689 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan M.G‘ulomovga nisbatan Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi