Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Z. qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Z. fuqaro R.M.dan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga 5.000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 11 oktyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan E.Z.ga nisbatan JK 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: E. Z. shu yilning boshida Yunusobod tuman hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
U uzoq yil "O‘zuyjoyjamg‘armabank" banki tizimida rahbar lavozimlarida ishlagan, "Makon Kapital Invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi va moliya masalalari bo‘yicha maslahatchisi ham bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?