12:45 / 23.10.2019
2 617

DXX 605 ming dollarning xorijga noqonuniy olib chiqilishini fosh qildi

DXX 605 ming dollarning xorijga noqonuniy olib chiqilishini fosh qildi
Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish tadbiri o‘tkazildi.

Uning davomida “Namangan – Kosonsoy” yo‘nalishida harakatlanayotgan N.V. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtomashina “Gurmiron” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida to‘xtatilgan. Avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 605 ming 136 AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, muqaddam sudlangan N.V. Toshkent shahri va Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolardan olgan ushbu xorijiy valyutalarni ma’lum miqdordagi foiz hisobida haq olish evaziga Kosonsoy tumanidagi aylanma yo‘llar orqali bojxona nazoratini chetlab o‘tib, Qirg‘iziston Respublikasida yashovchi “I.” ismli shaxsga yetkazib berishi kerak bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan DXX Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bildirilishicha, ushbu ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX 605 ming dollarning xorijga noqonuniy olib chiqilishini fosh qildi