14:43 / 23.10.2019
2 594

Yunusoboddagi kafelardan birida yong‘in yuz berdi

Yunusoboddagi kafelardan birida yong‘in yuz berdi
2019 yilning 22 oktyabr kuni soat 10:30 da Toshkent shahri Yunusobod tumani 19-daha T.Zoxidov ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Delfir” MChJga qarashli umumovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 8 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yog‘in soat 10:43 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida shoxobchaning 30 kv.metr maydonda shift qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘indan binoning 150 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusoboddagi kafelardan birida yong‘in yuz berdi