15:07 / 23.10.2019
2 342

Salbiy izoh va sharhlarni o‘chirishga kuch toping...

Salbiy izoh va sharhlarni o‘chirishga kuch toping...
Internetdan foydalanadigan har bir kishi trollar hujumiga duch kelib turadi. Hozirgi paytda bunday trollar chiroyli qad-qomatga ega yigit va qizlar ko‘rinishida yoki dindor niqobida bo‘lishi mumkin.

Trollar zamonaviy texnologiyalar asosida insonning shaxsiy hayotini izdan chiqarishning juda ko‘p usullarini allaqachon ishga solishgan: bu diniy ta’limot, da’vatlar, turli buzg‘unchilikdan tortib “porno-shantaj“ga qadar.

Internetda trollarning butun boshli armiyasi ishlaydi. Ular o‘zimizga o‘xshagan oddiy odamlar. Ular Internetga kirgan sodda odamlarni avrab, ma’lum bir chorasizlikka olib kelishdan manfaatdor bo‘lishadi.

Shu bois Internetdan foydalanishda, ijtimoiy tarmoqlar orqali do‘stlarning telefonlariga shaxsiy rasmlarni yuborish zamirida turli tahdidlar borligini har birimiz bilishimiz shart.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan, oddiy virtual do‘stlarimiz ham trolga aylanishi mumkin. Ba’zan sizga har kuni xayrli tong va xayrli tun tilayotgan mehriboningiz asta-sekin sizning barcha shaxsiy ma’lumotlaringizga ega bo‘lib borayotganini sezmaysiz. Ayrim hollarda virtual do‘stlarimizga bor dardimizni to‘kib solib, ularga sirimizni o‘zimiz fosh etamiz.

Virtual do‘stlarimiz esa bizning nozik va ojiz tomonlarimizni bilib boradi. Shunoq ham ularga e’tibor berishimiz bilan ular qanday fikrlari, suratlari, izohlari va sharhlariga layk bosishimizga qarab ham biz haqimizda bilib boradi va qarmog‘iga ilintirish payida bo‘ladi.

Eng achinarlisi, farzandlarimiz alohida xavf guruhida. Chunki Internet bugun ularning bor dunyosidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik o‘smirlarning deyarli yarmi kiberhujumlarga duch keladi. Bu ularning ta’lim-tarbiyasiga kuchli ta’sir qilib, ularning o‘qishini izdan chiqaradi. Hayotga befarq qaraydigan qilib, kelajakka bo‘lgan umidini so‘ndiradi. Ayrimlari din yoki porno saytlarga kirishga mukkasidan ketib qoladi. Shu tarzda elektron qotillik qurboni bo‘lgan bolalar ham yo‘q emas.

Shunday xavfli muammolarga duch kelmaslik, imkon qadar trollarning qurboni bo‘lmaslik uchun o‘smirlar, ularning, ota-onalari va o‘qituvchilari uchun internetda o‘zini qanday tutish va ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha quyidagi eslatmalarni yodda tutish kerak.

Troll bilan suhbatga aralashmang, u faqat sizning e’tiboringizga muhtojligini unutmang. U bilan oqilona suhbatlashish, bahs-munozara qilish befoyda. Agar sizni real hayotda tanishingiz bo‘lmagan biron bir inson, sizga iliq munosabatda bo‘lish maqsadida tanishish so‘rovini yuborsa uni darhol o‘chiring. Voyaga yetmagan farzandlaringizni va o‘smirlarning ishlatayotgan telefoni, kompyuteri, plansheti va boshqa qurilmalariga zudlik bilan yosh cheklovi shartlarini o‘rnating. (IOS va Android tizimlariga ulanish paytida buni amalga oshirishingiz mumkin)

Salbiy izohlar va sharhlarni yo‘q qiling Har kim o‘zi uchun qaror qilishi kerak. Kuchli odam bo‘lib buni kundalik amalga oshirishga iroda va kuch toping.
Unutmang, trollar sizning qo‘rqoq ekanligingizni bilgach, o‘zining nog‘orasiga o‘ynatishni boshlaydi.

Agar troll barcha chegaralarni kesib o‘tib, sizni zaharli fikrlari bilan o‘rab tashlasa, uning so‘zlari va takliflarini skrinshot qilib huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salbiy izoh va sharhlarni o‘chirishga kuch toping...