15:30 / 23.10.2019
3 328

Yana avtolizing bilan bog‘liq muammo

Yana avtolizing bilan bog‘liq muammo
“2018 yil 14 oktyabr kuni meni mobil telefonimga SMS keldi. SMSni o‘qib ko‘rsam, 1 yildan 5 yilgacha muddatga, yillik 8% dan 16 % gacha, 30 % oldindan to‘lov bilan avtomobil va uy-joylarni olib beramiz, degan xabarni o‘qidim. Telefon orqali “Umid avtolizing” bilan bog‘lanib kerakli ma’lumotlarni oldim. Shundan so‘ng 2018 yil 1 dekabr kuni Farg‘ona shahridagi “Umid savdo fayz invest” MChJga bordim”, - deb boshlanadi Rishton tumanida yashovchi M.Matkarimovning Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan yozma murojaati.

Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan iste’molchi murojaati tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilganda, yuqoridagi mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan 01.12.2018 yilda imzolangan 3/F-10-sonli shartnomaga asosan “Damas” rusumli avtomobil uchun 30 foizli oldindan to‘lovni 33 500 000 (o‘ttiz uch million besh yuz ming) so‘mni to‘laganligiga qaramasdan avtomobilni kelishilgan muddat, ya’ni 3-4 oy ichida emas, balki shu kunga qadar olmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Jamiyat xodimlarining harakatlari sabab kuni kecha iste’molchi M.Matkarimov ijrochi tomonidan uning oldindan to‘lagan mablag‘i to‘lig‘icha bank plastik kartochkasiga o‘tkazib berilganligini ma’lum qildi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi uyali aloqa kompaniyalari orqali kelayotgan lizing xizmatlari to‘g‘risidagi SMS larning barchasi ishonchli emasligi xususida ogohlantiradi!

Manba: Xalq so‘zi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana avtolizing bilan bog‘liq muammo