Jismoniy shaxslarga O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga ruxsat berildi

  • 23 oktyabr 2019, 16:38
  • 370
  • Jamiyat
  • Jismoniy shaxslarga O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga ruxsat berildi
    Jismoniy shaxslarga O‘zbekistondan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga ruxsat berildi. Bu haqda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda aytilgan.

    Hujjatda qayd etilishicha, rezidentlar O‘zbekiston Respublikasining banklarida chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga haqli.

    Rezident jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi banklarida va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el valyutasida hisobvaraqlar hamda omonatlar ochishga haqli.

    Rezident yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga hamda ulardan foydalanishga, basharti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining O‘zbekiston Respublikasi valyutasida yoki chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ulardan foydalanish maqsadlari nazarda tutilgan qarorlari yoxud O‘zbekiston Respublikasining shunday xalqaro shartnomalari mavjud bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

    Rezident yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochganidan keyin ro‘yxatdan o‘tgan joydagi soliq organlarini hamda Markaziy bankni hisobvaraqlar ochilganligi (yopilganligi) to‘g‘risida va hisobvaraqlarning rekvizitlari o‘zgarganligi haqida, shuningdek ushbu hisobvaraqlardagi qoldiqlar va aylanmalar to‘g‘risida Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda har chorakda, hisobot choragi tugaganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan xabardor qilishi shart.

    O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarining xo‘jalik faoliyatini yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi vakolatxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga hamda ushbu hisobvaraqlardan foydalanishga ularning xorijda bo‘lishi va faoliyat ko‘rsatishi davrida yo‘l qo‘yiladi. Ularning xorijda bo‘lishi yoki faoliyat ko‘rsatishi tugagach, hisobvaraqlar yopilishi lozim va hisobvaraqlardagi mablag‘larning qoldiqlari O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkaziladi.

    Rezidentlar O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklardagi o‘z hisobvaraqlaridan O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi o‘z hisobvaraqlariga chet el valyutasini cheklovlarsiz o‘tkazish huquqiga ega.

    Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasining rezident jismoniy shaxslari, diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarining chet eldagi, xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan vakolatxonalari O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida hisobvaraqlar ochishiga hamda bu hisobvaraqlardan foydalanishiga ularning faqat xorijda bo‘lishi va faoliyat ko‘rsatishi davrida yo‘l qo‘yilgan. Ularning chet elda bo‘lishi yoki faoliyat ko‘rsatishi tugagach, hisobvaraqlar yopilishi lozim bo‘lgan, hisobvaraqlardagi mablag‘larning qoldiqlari esa O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jismoniy shaxslarga O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga ruxsat berildi