17:24 / 23.10.2019
3 423

Soliq qarzdorligi undirilmoqda

Soliq qarzdorligi undirilmoqda
Kattaqo‘rg‘on tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “Zirabuloq” paxta tozalash zavodidan undiruvchi Narpay tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 mlrd. 792 mln. 456 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Zirabuloq” paxta zavodining bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “Zirabuloq” paxta tozalash zavodidan Narpay tuman Davlat soliq inspeksiyasi oldidagi 3 mlrd. 792 mln. 456 ming so‘m soliq qarzdorligi to‘liq undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzdorligi undirilmoqda