19:36 / 23.10.2019
2 747

Oqqo‘rg‘onda QQS to‘lovchilar soni 261 nafarga yetdi

Oqqo‘rg‘onda QQS to‘lovchilar soni 261 nafarga yetdi
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida davlatimiz rahbarining joriy yil 26 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlik sub’ektlari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari davlat soliq xizmati organlaridan ularga biriktirilgan xodimlar, importyor korxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i mamlakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona 12 foizga tushirilgani, e’tiborlisi, tadbirkorlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining 20 foizdan 15 foizga, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining esa 25 dan 12 foizga pasaytirilgani islohotlar aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

Aytish kerakki, hozirgi kunda Oqqo‘rg‘on tumanida QQS to‘lovchilarning soni 261 nafarni tashkil etib, shulardan fermerlar soni 160 nafarni tashkil etadi. O‘tkazilgan uchrashuv davomida tadbirkorlik sub’ektlariga nazorat-kassa apparatlarini qayta tizimlash, muddati tugamagan shartnomalarga tuzatish hamda biznes sub’ektlari imzolagan har bir shartnoma qayta inventarizatsiya qilinishi kerakligi haqida ham tushuntirishlar berildi.

- Men Baurjon Saurboyev Oqqo‘rg‘on tumani “Xontemir” fermer xo‘jaligi rahbariman, hozirda 140 gektar yer maydonimiz bor, chorvachilik bilan ham shug‘ullanamiz. Bugungi uchrashuvda mutasaddilar 50 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yer maydonlariga ega bo‘lgan yagona yer solig‘i to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanishlarini aytib o‘tdilar. Bu o‘z navbatida fermerlar uchun ancha qulayliklar yaratar ekan. Bizning fermer xo‘jaligi ham bugundan QQS to‘lovchilar qatoriga o‘tdi.

Shuningdek, tumanda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tayotgan fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritishlariga amaliy yordam berish maqsadida ularga soliq idoralarining malakali xodimlari biriktirildi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oqqo‘rg‘onda QQS to‘lovchilar soni 261 nafarga yetdi