O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari Markaziy Osiyo geosiyosiy muhitida barqaror o‘rin egallabgina qolmay, nafaqat hududiy, balki mintaqadagi tinchlikni ta’minlashga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib, o‘z jangovar qobiliyatini takomillashtirib bormoqda.
Bu nufuzli mavqe, shubhasiz, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakat mudofaa tizimini tobora mustahkamlash, qo‘shinlarni barcha zarur bo‘lgan ta’minot turlari bilan butlab borish siyosati asosida, eng muhimi harbiy xizmatchilarning dala-o‘quv mashg‘ulotlaridamuntazam olib borayotgan jangovar o‘quvlari, asr qurol-aslahalarini istifoda etish borasida o‘zlashtirayotgan tajribalari negizida mukammal shakllanib bormoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyatida joylashgan “Kulquduq” poligonida olib borilmoqda. Bu yerda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘raqo‘mondonlik mas’ul ofitserlari rahbarligida FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, osmonimiz musaffoligini ta’minlashga xizmat qiluvchi FD-2000 rusumli raketa O‘zbekistonda ilk bor sinovdan o‘tkaziladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi