21:47 / 24.10.2019
3 370

Samarqanddagi fermada 8 ming tovuq tiriklay yonib ketdi

Samarqanddagi fermada 8 ming tovuq tiriklay yonib ketdi
Foto: FVV YoXBB
Shu yilning 23 oktyabr kuni soat 19:15da Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Dimishqibola mahallasida joylashgan «Darg‘om Parranda Fayz» MChJga tegishli parrandachilik fermasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan. Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 16 daqiqada yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 16 km).

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qilishicha, yong‘in soat 19:50 da o‘rab olinib, soat 21:50 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida 8.000 taga yaqin jo‘jalar nobud bo‘lgan va parrandachilik fermasining 150 kv. metr maydonda tomi, shifti yonib zararlangan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan insonlar qayd etilmagan.

Yong‘indan fabrikaning 550 kv. metr maydoni hamda 16.000 tadan ortiq jo‘jalar saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi qo‘lbola isitish moslamasidan foydalanish. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqanddagi fermada 8 ming tovuq tiriklay yonib ketdi