15:19 / 25.10.2019
2 732

Qarzdor chegaradan qaytarildi va zarar undirildi

Qarzdor chegaradan qaytarildi va zarar undirildi
Majburiy ijro byurosi Gurlan tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Yashnaobod tuman ma’muriy sudining 18.06.2018 yildagi qarzdor Q.Matyoqubovdan “V.N.T” xususiy korxonasi foydasiga 8.752.442 so‘m yetkazilgan zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor Q.Matyoqubov ijro hujjati talablarini ixtiyoriy muddatda bajarmaganligi sababli, unga nisbatan 20.08.2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 421-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Qarzdor Q.Matyaqubovning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi vaqtincha cheklangan bo‘lsada, biroq u respublikadan tashqariga chiqishga uringan, lekin unga qo‘yilgan ta’qiq sababli, Davlat chegarasini qo‘riqlash organlari tomonidan asosli ravishda qaytarilgan.
Shundan keyingina qarzdor Q.Matyoqubov mazkur ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorliklarini to‘liq to‘laganligi sababli, qonun talabidan kelib chiqib, unga nisbatan qo‘yilgan cheklov bekor qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor chegaradan qaytarildi va zarar undirildi