20:04 / 25.10.2019
3 062

Yana bir oila yarashib, namunali oilalar soni kengaydi

Yana bir oila yarashib, namunali oilalar soni kengaydi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumanlararo sudining 22.11.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor I.Ro‘ziyevdan undiruvchi M.Safarova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, ushbu ijro hujjati MIBning Vobkent tuman bo‘limi ish yurituviga 15.12.2018 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror chiqarilib, ushbu qaror nusxasi qarzdorga taqdim etilgan.

Qarzdor I.Ro‘ziyevning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqishini cheklash maqsadida, 09.01.2019 yilda qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan va ushbu qaror ijro uchun tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta’minlangan.

Shuningdek, bo‘lim xodimlari hamda mahalla vakillari tomonidan ushbu ijro hujjati yuzasidan bir necha bor olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida joriy yilning 23 oktyabr kuni undiruvchi M.Safarova va qarzdor I.Ro‘ziyev o‘zaro yarashib, birgalikda bir oila bo‘lib yashash istaklarini bildirdi.

Shu munosabat bilan bo‘lim ish yurituvidagi uning foydasiga aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi birinchi bandiga binoan ijrosiz qaytarib oldi.
Hozirgi kunda ushbu oila tiklanib, mahalla tomonidan namunali oilalar qatoriga qo‘shildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir oila yarashib, namunali oilalar soni kengaydi