Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Turkiya aviatashuvchisi vakillarining 8 oy davomida o‘z yechimini kutayotgan masalasi O‘zbekiston va xorij davlatlari shaharlari o‘rtasidagi aviatashuvlarni oshirish yo‘lida ko‘rilgan choralar hamda «Uzbekistan Airports» AJ sa’y-harakatlari bilan hal bo‘ldi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida masala ijobiy hal bo‘ldi hamda Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasiga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berildi.
Ma’lumot uchun: «Atlasglobal» (2015 yilgacha «Atlasjet Havacılık A.Ş» deya yuritilgan) — Turkiyaning Yevropa va Osiyo, shuningdek mamlakat ichida muntazam va charter yo‘lovchi aviatashuvlarini amalga oshiruvchi aviakompaniyasi. «ETS Group»ga tegishli ushbu aviakompaniya Istanbuldagi yangi aeroportda joylashgan bo‘lib, Dalamanda qo‘shimcha xabga ega.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya aviakompaniyasi jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek din arboblari va olimlarni jalb qilgan holda ikki charter reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. «Atlasglobal» O‘zbekistonning «Grand Atlas Discovery» kompaniyasi ko‘magida 31 oktyabr – 4 noyabrda Istanbul-Buxoro va Samarqand-Istanbul yo‘nalishidagi birinchi charter reysini amalga oshiradi.
«IATA summer 2020» yoz mavsumidan boshlab esa «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi tomonidan ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida 50 aviareysni amalga oshirish rejalashtirilgan, buning natijasida esa O‘zbekistonga 10 mingdan ziyod sayyohning tashrifi kutilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi