09:12 / 31.10.2019
11 488

Erkaklarning ayollarga yoqish sirlari...

Erkaklarning ayollarga yoqish sirlari...
Quora nashri "Erkaklarning muvaffaqiyat kalitlaridan biri bu ayollar e’tibori"- deya izoh beradi. Har bir yigit yoki erkak kishi birorta latofatli ayolni o‘ziga maftun qilishni xohlaydi. Eng e’tiborsiz deb bilgan odamingiz ham aslida ayollar e’tiborida bo‘lishni xohlaydi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, erkak kishi ko‘pincha ayollar e’tiborida bo‘lib yursa, u qaysi sohada ish boshlamasin, omadi kelaverar ekan. Quyida beradigan ajoyib maslahatlarimiz sizni shubhasiz, ko‘cha tili bilan aytganda, ayollarning "lyubimchigi"ga aylantiradi.

Birinchi navbatda, o‘zingizga e’tibor qarating. Ertalab uyg‘ongach dush qabul qiling, soqolingizni oling va albatta, sochingizning toza ekanligiga ishonch hosil qiling! Ayollar uchun erkaklarning shaxsiy gigiyenaga qanchalik e’tibor qilishini tasavvur ham qilolmaysiz. Ularning e’tiborini tortishda bu eng muhim omillardan biridir.

Kiyinish masalasi birozgina boshingiznini qotiradi. Shuni unutmangki, ayol kishining ko‘nglini olish yoki uni maftun qilish uchun sizga juda qimmat brenddagi kiyimlarni kiyish shart emas, buning uchun kiyimlaringizni hamohang tarzda uyg‘unlashtirishingizning o‘zi kifoya! Kiyimlar rangini tanlashda qiynalayotgan bo‘lsangiz, birorta yaqiningiz bo‘lgan ayol kishi yoki qiz boladan maslahat olsangiz, ko‘zlagan maqsadingizga tezroq erishasiz! Faqat ayollargina sizga nima yarashishini aksariyat hollarda to‘g‘ri maslahat berishi mumkin!

Yana muhim qoidalardan biri bu o‘zingizga bo‘lgan ishonch! Ayollar bu narsani juda tez payqashadi va aynan shu jihatingiz uchun sizga ancha qiziqish bildirishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erkaklarning ayollarga yoqish sirlari...