17:18 / 31.10.2019
2 182

O‘tgan davrda qancha yo‘l harakati qoidabuzarliklari sodir etildi?

O‘tgan davrda qancha yo‘l harakati qoidabuzarliklari sodir etildi?
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida "Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar" mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlanishicha: Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy idoralari tomonidan 2019 yilning 9 oyi davomida jami 4 mln. 607 ming 34 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi, jumladan 2 mln. 55 ming 254 ta qo‘pol qoidabuzarlik, 25120 nafar mast haydovchi, 252072 nafar qoidabuzar piyodalar aniqlangan.

Haydovchi puflang!
Alkotester - bu haydovchi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiruvchi maxsus texnik vositadir.

Tekshiruv chog‘ida haydovchi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bug‘lari konsentratsiyasi ko‘rsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lgan hollarda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 131- moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi hamda transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yiladi.

Joriy yilning 9 oyida 12778 nafar transport vositasini mast holda boshqargan haydovchilarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar sud idoralariga yuborilib, ularning 8639 nafari transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan hamda 795 nafariga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘tgan davrda qancha yo‘l harakati qoidabuzarliklari sodir etildi?