07:45 / 01.11.2019
2 676

Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi

Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi
31 oktyabr kuni erta tongda Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasiga qarashli “Airbus-321” samolyoti Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reysni amalga oshirdi.

Turkiyaning «Atlasglobal Airlines» aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning «Grand Atlas Discovery» kompaniyasi ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysi Buxoro xalqaro aeroportida viloyat hokimligining qator mutasaddi tashkilotlari vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Charter reysning ilk yo‘lovchilari turkiyalik jurnalist, bloger, turistik firmalar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, qator din arboblari va olimlarini o‘zida jamlagan.
Turkiyadan qariyb 25 nafar turoperator va 100 ga yaqin mehmon bilan Istanbul-Buxoro birinchi charter reysida parvozni amalga oshirdi.

Ayni damda, turkiyalik mehmonlar Buxoro viloyatining qadimiy hamda diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab sayohat qilishmoqda. Navbatdagi charter reys 4 noyabr kuni Istanbul-Samarqand yo‘nalishida amalga oshirilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Istanbul-Buxoro yo‘nalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi