13:13 / 02.11.2019
8 575

Harbiy ayollar haqida qiziqarli ma'lumotlar...

Harbiy ayollar haqida qiziqarli ma'lumotlar...
2016 yilgi ma’lumotlarga qaraganda, armiyada xizmat qiluvchi ayollar hanuzgacha o‘z faoliyatlarida turli xil kamsitish yoki ayirmachilik kabi holatlarga duch kelishar ekan. Harbiy sohada ayollarning biror yuqori martabani egallashiga shu sohadagi mansabdor shaxslarning qarshiligi sezilarli darajada yuqori ekan. Bu yerda keltiradigan ma’lumotlarimiz tarixda ayollarimiz harbiy sohada qanchalik faollik ko‘rsatishganiga isbot bo‘lishi mumkin.

1. Harbiy sohada xizmat qilib, nafaqa olgan birinchi ayol Margaret Korbin hisoblanadi va u Inqilobiy Urushda ishtirok etgan. Urushda u Vashington frontida xizmat qilgan. Bu ayol askar nafaqasi, harbiy kostyum va naqd pul bilan taqdirlangan.
2. Fuqarolar urushi paytida Faxriy Yorliq olgan birinchi ayol Doktor Meri E. Uolker bo‘lib, u urush vaqtida jarroh sifatida xizmat qilgan.

3. Tarixda ilk bora Fuqarolik urushida qatnashgan afro-amerikalik ayol Ceytey Uilyams o‘zini erkakka o‘xshatib, uni tanib qolmasliklari uchun Uilyam Ceytey taxallusidan foydalangan. Ko‘p o‘tmay ayolning kasalligi tufayli uni shifokorlar tekshirishganda jinsini bilib qolishdi va ahvoli og‘irligi sabab uyiga qaytarib yuborishdi.
4. Birinchi Jahon Urushining oxirlari 1917-1918 yillar orasida ayollarga AQSh armiyasi va flotida xizmat qilishga rasman ruxsat etildi. O‘sha yillarda o‘ttiz uch ming nafar ayol xizmat safiga qo‘shildi va ulardan 400 nafari hayotdan ko‘z yumdi.

5. 1917 yilda harbiy xizmatga ishga kirish uchun ariza bergan birinchi ayol Loretta Uolsh bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Harbiy ayollar haqida qiziqarli ma'lumotlar...