Yana bir «Tez yordam» xodimi tahqirlandi. Voqelik Navoiy viloyatida bo‘lgani aytilmoqda.
Ixtiyorimizda kelib tushgan tasvirlardan shaxsi noma’lum fuqaro «Tez yordam»ni shunchaki ermak uchun chaqirganini taxmin qilish mumkin.
Tibbiyot xodimlari yetib kelgach, uy ichida ichki kiyimdagi (!) erkak avvaliga yotvolib, o‘zini «bemor»ga soladi. So‘ng o‘rnidan turib, tibbiyot xodimini kamsitib, ochiqdan ochiq tahqirlashga o‘tadi. Uning ustidan ochiqdan ochiq kulib, mazax ohangida «Man yotganimda nima yordam qilding?» deya qayta-qayta so‘raydi.
E’tiborlisi, shu payt xonaga ikki nafar ichki ishlar xodimlari kirib keladi. «Bemor» ularga e’tiborsiz bir qarab qo‘yib, tibbiyot xodimini kalaka qilishda davom etadi. Uning ustidagi kurtkasini yechib, yelkasiga kuch bilan uradi! Shundagina «bemor»ning xatti-harakatlariga tomoshabin bo‘lib turgan ichki ishlar xodimlari ajratishga tushadi. Ayni shu nuqtada tasvir uziladi.
Bir necha daqiqalik tasvirda «Tez yordam» xodimlari kirgan xonada bir necha nafar erkaklar borligi, ular mast ekanini ilg‘ash qiyin emas.
Manbamizga ko‘ra, voqelik 31 oktyabr kuni kech soat 18 lar atrofida Uchquduq tumanida sodir bo‘lgan. Tahqirga uchragan «Tez yordam» xodimi shu kuni tuman markaziy shifoxonasiga (sog‘ligi yomonlashgani uchun) murojaat qilgan. Uning murojaati soat 20:00 da qayd qilib, IIB navbatchi qismiga xabar berilgan.
Shunga qaramay bugun, 1 noyabr kuni (soat 14.00 gacha bo‘lgan holat) voqelik yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, IIBning biror xodimi jabrlanuvchi yoniga kelmagani aytiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi