Qashqadaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qqiz kishi tan jarohati oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Joriy yilning 31 oktyabr kuni soat 21:40da fuqaro N.X. o‘zining boshqaruvidagi fuqaro Sh.J.ga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinasini ishonchnoma orqali Qarshi-Yettitom 4R87 avtomobil yo‘lining Yettitom yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, ushbu yo‘lning 50-kilometrida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro R.Z. boshqaruvidagi MChJga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinani yo‘liga chiqib ketgan holda, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.
Natijada «Neksiya» avtomashina haydovchisi R.Z. va yo‘lovchilar S.U., E.R., S.K.lar hamda «Lasetti» avtomashina haydovchisi N.H. va yo‘lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?