14:09 / 02.11.2019
5 099

Instagramdagi dahshatli qotillik..

Instagramdagi dahshatli qotillik..
Endigina 17 yoshlga to‘lgan Byanka Devins Nyu-Yorkning Utika shahrida yashardi. U ijtimoiy tarmoqlar orqali barchaga mashhur edi va video o‘yinlar sohasida anchagina ilg‘orlab borayotgan o‘smirlardan edi. Byankaning butun hayoti va orzulari hali oldinda edi, u kollejga hujjatlarini topshirib, psixologiya sohasida o‘qishni niyat qilgandi.

Afsuski, uning barcha orzularini bir kunda yo‘qqa chiqarishdi. 2019 yilning 14 iyun sanasida Byanka Devins sevgan yigiti tomonidan o‘ldirilgan. O‘sha kuni ertalab politsiya xodimlariga qandaydir shubhali shaxs tomonidan 911-xonada qotillik amalga oshirilgani haqida qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan. Utika politsiyasi voqea joyiga yetib kelganida Brandon Klark o‘z joniga qasd qilish maqsadida o‘zining bo‘yniga pichoq sanchganiga guvoh bo‘lishdi.

Uni qutqarish uchun shoshilgan politsiya xodimlari stol tagida ko‘rinib qolgan ayol kishining jasadini topib olishdi. Brandon qizni ham xuddi shu tarzda o‘zi o‘ldirganini tan oldi. Yigitni qutqarish uchun politsiya uni shoshilinch kasalxonaga olib ketdi va bir qancha sa’y-harakatlar bilan uning hayotini saqlab qolishdi. Byanka va Brandon ikki oy oldin Instagram orqali tanishishgan. Ularning munosabatlari juda tezlashib ketgan. Brandon Byankani o‘ldirishidan oldin, shanba kuni kechqurun ular Nyu-York shahriga konsert tomosha qilish uchun ketishgan edi.

Soat kechqurungi 10.00 lar atrofida uylariga qaytayotganlarida ular qattiq janjallashib qolishgan. Aytishlaricha, Byanka Brandon bilan konsertdaligida boshqa bir yigitni o‘pgan va bu janjalga sabab bo‘lgan. Brandon Byankani o‘ldirgach, uning jasadini suratga olib, uni instagramga joylab qo‘ygan. Eng dahshatlisi ushbu dahshatli suratlar hanuzgacha uning instagram sahifasida turibdi. Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchisi bo‘lgan ba’zi bir o‘smirlarimizni ogohlikka chaqirsa, ajabmas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Instagramdagi dahshatli qotillik..