22:20 / 01.11.2019
3 131

Toshkentda 21 yoshli qiz mehmonning "Kaptiva"sidan pullarni o‘g‘irladi

Toshkentda 21 yoshli qiz mehmonning "Kaptiva"sidan pullarni o‘g‘irladi
28 oktyabr kuni soat 02:30 da Mirzo Ulug‘bek tumanida 21 yoshli Nasiba K. uning uyiga mehmon bo‘lib kelgan 34 yoshli Aziz N. chalg‘iganidan foydalanib, uning ustki kiyimi cho‘ntagidan "Kaptiva" avtomobilining pultini o‘g‘irlagan.

So‘ng avtomobil yoniga chiqib, pult yordamida eshikni ochib, salon ichidan 1.000.000 so‘m va 300 AQSh dollarini o‘g‘irlagan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Nasibaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni "O‘g‘rilik" bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 21 yoshli qiz mehmonning "Kaptiva"sidan pullarni o‘g‘irladi