IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2 noyabr kuni soat 11:50da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan «Qarshi katta halqa yo‘li»ning «Yettitom-Qarshi» 4R-87 avtomobil yo‘li bilan kesishgan 53 kilometrdagi tartibga solingan chorrahasida fuqaro M.R. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi bilan fuqaro S.X. boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-322132» rusumli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtomashina to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida «Gaz-322132» rusumli avtomashinada bo‘lgan 10 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) va «Lasetti» rusumli avtomashinasi ichidagi 3 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) fuqaro turli darajada tan jarohati olib RShTTYoIM Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Ulardan faqat 6 nafari reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, 5 nafariga esa uyiga ruxsat berilgan.
«Gaz-322132» rusumli avtomashina haydovchisi S.X.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi