23:12 / 04.11.2019
5 301

Buxoroda ichkuyovning molxonada osilgan holda topilgani yuzasidan voqea tafsilolatlari

Buxoroda ichkuyovning molxonada osilgan holda topilgani yuzasidan voqea tafsilolatlari
Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyati Olot tumanida 5 yildan buyon ichkuyov bo‘lib yashagan 32 yoshli N.Umarov o‘z joniga qasd qilgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

N.Umarov Qorako‘l tuman, «Kulonchi» MFYda yashovchi qo‘shnisi R.Tilakovga tegishli molxonada o‘zini-o‘zi arqon yordamida osishi oqibatida vafot etganligi holati yuzasidan 24 iyunda Qorako‘l tuman prokuraturasiga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, 24 iyunda hodisa joyi va murda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, hodisa joyi sxemasi tuzilgan va sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ekspertning xulosasida N.Umarovning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishidan yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, ya’ni osilish natijasida o‘tkir qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida yuzagan kelganligi va marhumning qon tarkibida 1,49 pr.l etil spirti topilganligi ko‘rsatilgan.

N.Umarovning o‘z joniga qasd qilganidan keyin fuqaro F.To‘xtayev, qaynotasi H.Hamroyev, akasi M.Umarov, ukasi O.Umarov hamda yangasi D.Jumayeva ko‘rgan va marhum N.Umarovning akasi O.Umarov shu joydagi oxur ustiga chiqib arqonni yechib olib, marhumni Olot tuman kasalxonasiga olib ketgan.

H.Hamroyev dastlab bergan tushuntirishida M.Umarov uyiga ukasini so‘rab kelganida ukasi unga qo‘ng‘iroq qilib, «kelsang kel, meni ko‘rsanglar ko‘rasizlar, men o‘zimni osib o‘ldiraman» deb aytganligini bayon qilgan. Ushbu holatni N.Umarovning qaynonasi D.Jumayeva ham tasdiqlab, M.Umarov ukasi N.Umarov unga qo‘ng‘iroq qilib, «jasadimni olib ketinglar» deb aytganligini bildirgan.

Holat yuzasidan tushuntirish bergan marhum N.Umarovning turmush o‘rtog‘i R.Hamroyeva, qaynotasi H.Hamroyev, qaynonasi D.Jumayeva, bojasi F.Barnoyev N.Umarov 2018 yilning 21 martida ham o‘z joniga suiqasd qilganligini bildirgan. U o‘zini osmoqchi bo‘lgan vaqtida Cho‘pon A.Rustamov tomonidan qutqarib qolingan.

Shuningdek, 2019 yilning 1 avgustida Qorako‘l tuman «Mahalla» xayriya jamoat fondi tomonidan «Kulonchi» MFY hududida o‘tkazilgan yig‘ilishda MFY raisi Sh.Rashidov marhum N.Umarovning akalari bilan doimiy kelishmovchiligi borligini, qaynotasi va xotini to‘g‘risida esa ijobiy firk bildirgan.

Qo‘shnisi R.Tilakov, D.Shomiyev, Sh.Azimov va Yo.Yaxshiyev H.Hamroyevning kuyovi N.Umarovni 2014 yildan buyon tanishi, ularning o‘rtasida biron marotaba urish-janjal bo‘lmaganligini aytgan.

Tergovga qadar tekshirish yakuniga ko‘ra, 22 avgustda Jinoyat kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan. Fuqaro M.Umarovning arizasi yuzasidan 22 avgustdagi qarorning qonuniyligi tuman prokurori tomonidan to‘plangan tergovga qadar tekshirish hujjatlari bilan birga o‘rganilib, 30 avgust kuni bekor qilingan.

Marhum N.Umarov foydalanib kelgan mobil telefon raqamining kirish-chiqish qo‘ng‘iroqlari olinib, tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda, 24 iyunda hamkasbi Yo.Norov va X.Xolmurodov, turmush o‘rtog‘i R.Hamroyeva va akasi M.Umarovning ayoli F.Xo‘jayevaga tegishli raqamlar bilan gaplashganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, M.Ergasheva tushuntirish xatida marhum N.Umarov 24 iyunda uning yashash uyiga kelganligini, «yanga amakim qayerdalar, do‘kondan aroq olib keldim, chaqiring birga ichamiz» deganligini, amakisi uxlaganligi sababli qaytib uyiga kirib ketganligini bildirgan.

Marhum N.Umarovning akasi M.Umarov va ukasi O.Umarov, N.Umarov osilib turgan molxona ayvonining tom qismi yarmi ochiq va yarmi yopiqligini, N.Umarov osilib turgan joyning tom qismi ochiqligini bildirgan.

Marhum N.Umarovning o‘z joniga qasd qilgunga qadar bo‘lgan holatini aniqlash maqsadida 21 avgustda tayinlangan sudga oid psixiatriya ekspertizasining xulosasida N.Umarovning o‘limiga «farzandsizlik muhiti, qisqa muddat ichida ota-onasining o‘limi, 2015 yildan qaynotasining uyida yashashga majbur bo‘lganligi, 24 iyunda ota-onasining 40 kunlik o‘limi marosimi va spirtli ichimlik iste’mol qilganligi» holatlari «Depressiv-affekt» holatiga tushishiga va o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lganligi qayd etilgan.

Holat yuzasidan 26 nafar shaxsdan tushuntirish xati olingan bo‘lib, ularning barchasi N.Umarovga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan rahmsiz muomala qilinmaganligini, uning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilmaganligini, o‘limidan oldin biron-bir shaxslar bilan janjal qilmaganligini va qarz oldi-berdisi yo‘qligini bildirgan.

Qarorda ko‘rsatilgan bandlar ijrosi ta’minlanib, natijasiga ko‘ra, 30 avgustda Jinoyat kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda ichkuyovning molxonada osilgan holda topilgani yuzasidan voqea tafsilolatlari