12:23 / 05.11.2019
3 332

Xorijga chiqish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi

Xorijga chiqish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Nizomga kiritilishi mo‘ljallangan o‘zgartirishlarga ko‘ra, xorijga chiqish biometrik pasportiga vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi haqida kiritiladigan qayd o‘rniga turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi qayd etiladi.

Shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasportiga ichki ishlar organlari bo‘linmalari tomonidan vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd o‘rniga turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd kiritiladi.

Bundan tashqari, fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy propiskada turadigan yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan joylaridagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yoki konsullik ro‘yxatiga olingan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qiladilar.

Fuqaroning doimiy propiskasi mavjud bo‘lmagan taqdirda xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun u oldingi ro‘yxatda turgan joyi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilishi mumkin.

Propiskaga oid ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hollarda fuqaro xorijga chiqish pasportini olish uchun turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilishi mumkin.

Xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qolgan taqdirda fuqaro darhol doimiy propiskada turadigan yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan va konsullik ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilishi shart, mazkur punkt qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-taomillarni amalga oshirganidan keyin ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda fuqaroga yangi xorijga chiqish biometrik pasportini berish masalasini hal qiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijga chiqish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi