3 375
Bahodir Xodiyev «Narxoz» rektorligidan bo‘shatildi, endi universitetda «tozalash ishlari» o‘tkaziladi(mi?)
Kun.uz nashri tasdiqlashicha, 5 noyabr kuni prezident maslahatchilari Sherzod Kudbiyev va Abdujabbor Abduvohidov hamda DXX, prokuratura organlari vakillari boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda universitet rektori Bahodir Xodiyev o‘z lavozimidan ozod etilgan.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalari uyg‘onishi zarur ekanligi, bundan buyon qabul jarayonidan boshlab bitirish jarayoniga qadar ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosiy bo‘lishi, bunga qarshi chiqqanlarga esa qat’iy jazo ko‘rilishi, «Narxoz»da ham katta tozalash ishlari ham amalga oshirilishi ta’kidlangan.
Bahodir Xodiyev 2016 yilning may oyidan buyon Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektorlik qilib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Xodiyev 2006-2010 yillarda ham TDIUda rektor sifatida ishlagan (2000-2006 yillarda shu universitetda prorektor), 2010 yil martidan 2014 yilning apreligacha O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘lgan, 2014 yilning aprelidan 2015 yil iyuligacha fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi sifatida ishlagan, 2015-2016 yillarda Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha majmua rahbari hamda tegishli ravishda bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi