18:37 / 05.11.2019
2 661

Asakadagi “OʻzDongVongKo” qoʻshma korxonasida yongʻin sodir boʻldi

Asakadagi “OʻzDongVongKo” qoʻshma korxonasida yongʻin sodir boʻldi
Foto: FVV YOXBB matbuot xizmati
2019-yilning 5-noyabr kuni soat 02:23da Andijon viloyati Asaka tumani Ulugʻbek MFY Saxiylik koʻchasida joylashgan “OʻzDongVongKo” qoʻshma korxonasida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Oʻzbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi maʼlumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 3 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari jalb etilgan. Boʻlinmalar chaqirilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan.

Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 02:29da oʻrab olinib, 02:37da bartaraf etilgan. Yongʻindan korxonaning 150 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar qayd etilmagan. Yongʻin oqibatida korxonaning ovqat tayyorlash xonasi 20 kv. metr maydonda yonib zararlangan.

Yongʻinning taxminiy sababi - qozonda yogʻni dogʻlash uchun qoʻyib, nazoratsiz qoldirilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Asakadagi “OʻzDongVongKo” qoʻshma korxonasida yongʻin sodir boʻldi