16:50 / 05.11.2019
4 292

Oʻzbekistonda neft va gaz konlarining umumiy zaxirasi haqidagi maʼlumot ochiqlandi

Oʻzbekistonda neft va gaz konlarining umumiy zaxirasi haqidagi maʼlumot ochiqlandi
Bugungi kunda respublika boʻyicha jami 275ta neft va gaz konlari ochilgan boʻlib, ularning umumiy zaxirasi 2,4 mlrd. tonna shartli yonilgʻini tashkil qiladi.

“Oʻzbekneftgaz” matbuot xizmatiga koʻra, respublikada uglevorod xom ashyo bazasi barqarorligini taʼminlash, qazib olinayotgan neft va gaz mahsulotlari oʻrnini toʻldirish maqsadida, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Fargʻona neft-gazli hududlarida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Prezidentning 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3372 qarori doirasida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlar natijasida, 2017-2018-yillar hamda joriy yilning 9 oyi mobaynida 16 ta neft va gaz konlari ochildi va yer osti uglevodorod zaxiralari 171 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirildi.

Maʼlumot uchun: 16ta kondan, 4tasi Ustyurt mintaqasida (Beshqala, Quyi Surgil, Kushkair, Oraliq), 2tasi Fargʻona mintaqasida (Uchtepa, Chakar), 10tasi Buxoro-Xiva mintaqasida (Topichaksoy, Marvarid, Shortak, Chordarbaza, Toʻmaris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Yormoq, Doʻltatepa, Shorkum).

Joriy yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirish rejalashtirgan, bu borada bugungi kunda geologiya qidiruv ishlari Ustyurt mintaqasining markaziy qismida (Alpomish, Ultan, Arslon va b.q), Buxoro-Xiva mintaqasining gʻarbiy qismida (Toʻmaris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Sharqiy Xatar va b.sh), Fargʻona mintaqasining janubiy qismida (Uchtepa, Chakar, Quyi Qashqarqir va b.sh) jadal ravishda olib borilmoqda.

Maʼlumotda aytilishicha, 9 oy mobaynida 5ta yangi kon ochildi (Kushkair, Oraliq, Chakar, Doʻltatepa, Shortak) va yer osti uglevodorod zaxiralari 31 mln. tonna shartli yonilgʻi hajmida oʻstirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda neft va gaz konlarining umumiy zaxirasi haqidagi maʼlumot ochiqlandi