19:03 / 05.11.2019
5 959

"Pereval"ni to‘sish kimga kerak bo‘lib qoldi?

"Pereval"ni to‘sish kimga kerak bo‘lib qoldi?
Bugun joylarda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni tezkor ma’lum qilish va munosabat bildirishda blogerlar faol. Xususan, telegram kanalida Respublikamiz viloyatlari bo‘ylab qo‘yilgan “post”lar yuzasidan munosabat bildirildi:

“Aytamiz ham, qaytamiz ham qabilida ish tutish... Prezident topshirig‘i bilan respublika bo‘yicha o‘nlab keraksiz postlar olib tashlanganida hammamiz quvongandik. Qolganlarida ham pasport tekshiruvidek dahmazalarga chek qo‘yildi.

Bunday asabbuzarliklar, ayniqsa, vodiyliklarni zada qilib yuborgandi o‘ziyam. Xudo ko‘rsatmasin, pasportingiz uyda qolib ketsa bormi, taksidan tushirilardingiz-u, ortga qaytarib yuborilardingiz. Bunga o‘zim ko‘p guvoh bo‘lganman.

Ammo uch yil o‘tar-o‘tmas yana eski hammom, eski tos. Yaqinda vodiyga borib keldim, perevaldagi post yana "strogiy"lashibdi. Uning oldida mashinalarning «probkasi» paydo bo‘libdi.

Endi ilgarigidek yo‘lovchilarni emas, haydovchilarni tekshirishyapti...

Qiziq! Oldin yo‘lovchilarni tekshirishardi. Haydovchidan kimsan, nimasan, hujjating bormi, deb deyarli so‘rashmasdi. Endi esa yo‘lovchilar bilan ishlari yo‘q. Ali Xo‘ja, Xo‘ja Ali-ku!

Davlat rahbariga "xo‘p bo‘ladi" deyishsa-da, postdagilarning bilgani bilgan ekan-da...” — deya izoh so‘ralmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Pereval"ni to‘sish kimga kerak bo‘lib qoldi?