14:54 / 08.11.2019
5 661

Nega erkaklar kiyim ranglarini tanlashda qiynalishadi?

Nega erkaklar kiyim ranglarini tanlashda qiynalishadi?
Buyuk Britaniyaning erkaklar fasonlari boʻyicha mutaxassisi Mixael Adamsning fikriga koʻra, erkaklar odatda sanoqli ranglardangina foydanishar ekan. Ular quyidagilardir: qora, oq, moviy va kul rang. Haqiqatdan ham kundalik hayotimizda erkaklarning ushbu rangda kiyinishlariga guvoh boʻlamiz. Biroq shunday ranglar ham borki, ular bir qaraganda odamni oʻziga tortmasa-da, aslida ular erkaklar kiyimlarining ranglarini uygʻunlashtirishda judayam yaxshi yordamchi boʻlishi mumkin.

Keling, ajoyib uygʻunlik kasb etuvchi ranglarni bir-bir koʻrib chiqaylik.

Bunga eng maʼqul variantlardan biri bu- och pushti rangdir. Hech eʼtibor qilganmisiz, och pushti rangga koʻzingiz tushganida avvaliga uni aniq farqlay olmaysiz. Bu rang odamda oʻzgacha bir qiziqish uygʻotadi. Aynan shu xususiyati tufayli uni har qanday rang bilan uygʻunlashtirsa boʻladi. Xususan, yuqorida sanagan erkaklarning sevimli ranglari bilan ham.

Qizil rangni koʻpgina erkaklar maʼqul koʻrib, qoʻrqmasdan tanlayverishadi. Biroq qizil rangning oʻynoqi va yorqinligi barchaga maʼlum. Ayniqsa, uni oʻziga oʻxshagan oʻynoqi ranglar bilan moslashtirsangiz, juda yomon manzara hosil qilishi mumkin. Bu esa dilingizni xira qiladi.

Yashil rang erkalarga xilma-xil variantlarni tuhfa etishi mumkin. Negaki, yashil rang turlicha tuslarga ega. Bu rangning barcha tuslari sizning xohlagan rangdagi kiyimlaringizga moslashishi mumkin. Shunga qaramay, erkaklar bu rangga koʻp ham murojaat qilaverishmaydi.

Yana biri bu - binafsha rangdir. Sir emaski, uning har qanday varianti kiyim ranglaridagi uygʻunlikka mos tushishi mumkin.

Koʻp hollarda kostyum-shim kiyadigan yigitlarga ajoyib maslahat: agar siz turfa xil ranglarni egningizda uygʻunlashtirishni xohlasangiz, qoramtir kulrang kostyum va oq shim istagan rangdagi boʻyinbogʻ bilan mos tushaveradi.

Shuni unutmang, hurmatli erkaklar! Egningizdagi kiyimlar uygʻunligi va ularning boshqalarda takrorlanmasligi sizni yanada eʼtibor markazida ushlab turadi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega erkaklar kiyim ranglarini tanlashda qiynalishadi?