09:32 / 06.11.2019
3 139

Oʻzbekistonda IT yoʻnalishida masofaviy universitet tashkil etilishi mumkin

Oʻzbekistonda IT yoʻnalishida masofaviy universitet tashkil etilishi mumkin
Oʻzbekistonda AKT yoʻnalishida masofaviy universitet tashkil etilishi mumkin. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ayni paytda Oliy taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasiga shu haqda taklif tayyorlamoqda. Bu haqda AKT vaziri oʻrinbosari Qahramon Yoʻldoshev maʼlum qildi.

“AKT sohasida taʼlimni rivojlantirish yoʻnalishida ham hozirgi kunda taklif ishlab chiqyapmiz. Har bir sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib borishi bilan IT yoʻnalishidagi mutaxassislarga talab oshib borayotgani munosabati bilan Oliy taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda On-line, yaʼni masofaviy universitet tashkil etish borasida hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan takliflarni ishlab chiqyapmiz”, deya Qahramon Yoʻldoshevning soʻzlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Vazir oʻrinbosarining qoʻshimcha qilishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini tatbiq etish, professor-oʻqituvchilarini jalb qilish hamda talabalar almashinuvini jadallashtirish ustida ham ish olib borilmoqda. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) tomonidan koʻpgina davlatlar bilan universitetlararo bitim imzolanmoqda.

“Yil yakunida Yaponiyaga tashrif koʻzda tutilyapti. Tashrif doirasida ham TATU bilan Yaponiyadagi profil universitetlar oʻrtasida yaqin hamkorlik oʻrnatish boʻyicha muzokara olib borilmoqda”, deydi vazir oʻrinbosari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda IT yoʻnalishida masofaviy universitet tashkil etilishi mumkin