12:30 / 08.11.2019
3 553

Onlayn tizimga o‘tgan tadbirkorlar bank kassalariga savdodan tushgan naqd pullarni o‘zlari belgilagan davrlarda topshiradi

Onlayn tizimga o‘tgan tadbirkorlar bank kassalariga savdodan tushgan naqd pullarni o‘zlari belgilagan davrlarda topshiradi
Hech kimga sir emas mamlakatimizda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada erkinlashtirish, uning hajmini keskin oshirish, hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganilib, ularni mamlakatimiz iqtisodiyotiga tatbiq etish yuqori samara bermoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llagan tadbirkorlik sub’ektlariga qator imkoniyatlar va yengilliklar berildi.

Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasida UzKassa kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ekti vakillari bilan o‘tkazilgan seminarda mazkur farmonga muvofiq savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning amaliyotga tatbiq qilinishiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, onlayn tizimga o‘tgan tadbirkorlarga nisbatan bugungi kungacha majburiy qo‘llanilib kelingan amaldagi fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini ishlatish, shuningdek, kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritish hamda ish kuni yakunida nazorat-kassa mashinasining kunlik hisobotini chiqarib olish majburiyatlari bekor qilingan.

Shuningdek, bunday tadbirkorlarga kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi miqdoridan qat’i nazar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqi beriladi.

Seminarda mutaxassislar va davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlari vakillariga onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarning afzalliklari, ulardan foydalanish tartibi xususida to‘liq ma’lumot berdilar.
Tadbir yakunida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Buxoro viloyati DSB
Axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Onlayn tizimga o‘tgan tadbirkorlar bank kassalariga savdodan tushgan naqd pullarni o‘zlari belgilagan davrlarda topshiradi