12:54 / 08.11.2019
2 686

Toshkent viloyatida 79 ming 472 ta ish o‘rinlari legallashtirildi

Toshkent viloyatida 79 ming 472 ta ish o‘rinlari legallashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda “Yo‘l xarita”lari tasdiqlandi.

Shunga muvofiq Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan joriy yilda 97 ming 324 ta ish o‘rinlari barpo etish belgilangan, ayni paytda ushbu yo‘l xaritasi asosida manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 20 ming 255 ta xo‘jalik sub’ektlarida 79 ming 472 tadan ziyod yashirin ish o‘rinlari aniqlanib legallashtirildi.

Jumladan, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 677 ta, qurilish tashkilotlarida 300 ta, qishloq xo‘jaligida 1 ming 500 ta, umumiy ovqatlanish tarmoqlarida 150 ta, sanoat korxonalarida 400 ta va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xo‘jalik sub’ektlarida 4 ming 500 tadan oshiq yashirin ish joylari doimiy o‘rinlarga aylantirildi.

Shuningdek, ish o‘rinlari va ish haqini legallashtirish, soliq majburiyatini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish bo‘yicha vakil devoni Toshkent viloyati vakillari hamda Ohangaron shahar va Ohangaron tumanlari DSI lari bilan hamkorlikda videoroliklar ishlandi va har xil soha vakillari bilan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Amalga oshirilgan ishlar va targ‘ibot natijasida daromad solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar soni tezkor tahlillarga ko‘ra 445 ming 176 taga yetdi.

Jumladan, viloyatning Ohangaron shahrida 1389 ta va Ohangaron tumanida 2147 ta yashirin ish o‘rinlari legallashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, viloyatda “Yo‘l xaritasi”sida belgilangan manzilli tadbirlarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida 79 ming 472 ta ish o‘rinlari legallashtirildi