IIV:“Grin kard” lotereyasida 30 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan

  • 08 noyabr 2019, 15:41
  • 1 042
  • Jamiyat
  • IIV:“Grin kard” lotereyasida 30 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan
    Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida oʻtgan matbuot anjumanida vazirlik matbuot xizmati rahbari Shohruh Gʻiyosov aholini “Grin kard” firibgarlari boʻyicha ogohlantirish lozimligini taʼkidladi.

    Shohruh Gʻiyosov, IIV vazirlik matbuot xizmati rahbari:
    — Oʻtgan vaqt davomida “Grin kard”dan roʻyxatdan oʻtkazish bahonasida mingdan ziyod fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini olgan va ular lotereyada gʻolib boʻlgach, pul soʻrab tovlamachilik holatlarini sodir etgan 30 nafar shaxsga nisbatan ish ochilgan. Fuqarolarga oʻz shaxsiy maʼlumotlarini birovlarga taqdim etmaslik va “Grin kard”dan roʻyxatdan oʻtishda begonalar xizmatidan foydalanmaslik tavsiya etamiz.

    Maʼlumot oʻrnida:
    Joriy yildan boshlab “Grin kard”dan roʻyxatda oʻtishda oʻzgarishlar sodir boʻldi. Asosiylaridan biri esa ishtirokchilar xorijga chiqish pasportiga ega boʻlishi shartligi belgilab qoʻyildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » IIV:“Grin kard” lotereyasida 30 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan