19:43 / 08.11.2019
4 562

Fuqarolik jamiyati institutlari qanday ishlamoqda?

Fuqarolik jamiyati institutlari qanday ishlamoqda?
Adliya vazirligi tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-brifing o‘tkazildi.
Press-brifingda sohada qabul qilingan qonun hujjatlari tushuntirilib, 2019 yil fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligi hamda fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirish bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirilayotganligi alohida e’tirof etildi.

Bugungi kunda respublikada turli sohalarda 10462 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari va 2200 dan ortiq diniy tashkilotlar va 2000 ga yaqin OAVlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Press-brifingda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va amalga oshirilayotgan ilohotlarning mazmun-mohiyati alohida ta’kidlab o‘tildi.

Xususan, nodavlat notijirat tashkilotlar sohasida 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, birgina oxirgi ikki yilda qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarga ko‘ra:
- NNTlarga adliya organlari bilan bog‘liq barcha xizmat va aloqalarni elektron shaklda amalga oshirish imkonini beruvchi E-ngo.uz sayti sinov rejimida ishga tushirilganligi;
- Hududlarda NNTlar ijara to‘lovisiz joylashtirilgan “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari” tashkil etilganligi;
- NNTlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari umumiy tarzda 2 barobarga qisqartirilganligi;
- Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan NNTlarning tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi bilan almashtirilganligi;
- NNTlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladigan uchta hisobot shakli bitta sodda shaklga keltirilganligi;
- NNTlarga xorijiy subektlardan kelib tushgan pul mablag‘lari va mol-mulkdan foydalanish bo‘yicha (ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan so‘ng) barcha to‘siqlarni olib tashlanganligi;
- “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etilgani;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan organ sifatida rasman e’tirof etilgani;
- Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi, ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji 5 martaga kamaytirilganligi;
- NNTlarga xorijiy grant mablag‘lari mazkur tashkilotlarning istalgan bank muassasalarida ochilgan maxsus hisobvaraqlariga kelib tushishiga ruxsat berilganligi;
- Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasida barcha qonun va qonun osti hujjatlarni birlashtiruvchi Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasi ishlab chiqilayotganligi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etilib, uning faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha nizom ishlab chiqilayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, so‘nggi uch yil ichida NNTlar soni sezilarli o‘sganligi, xususan 1991 yilda NNTlar soni 100 ta bo‘lgan holda 2017 yil – 8 700 ta, 2018 yilda – 9 235 ta, 2019 yil 1 yanvar holatiga 9 860 ta hamda 2019 yil 1 oktyabr holatiga 10462 ta NNT ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, press-brifingda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini hamda fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiyligi belgilandi.

Shuningdek, Mazkur qaror bilan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni:
- xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining ta’sirchan shakllarini joriy etish;
- jamoatchilik nazorati shakllarini amalga oshirish mexanizmlarini batafsil reglamentatsiya qilish, ularni amaliyotda samarali qo‘llash;
- davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati, tegishli sohalardagi ishlarning holatini yaxshilashda ularning roli va samarali ishtiroki masalalari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish tavsiya etil, mazkur masala yuzasidan tegishli vazifalar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, press-brifingda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Press-brifingda qizg‘in muhokama ruhida o‘tkazildi va vazirlik tomonidan kelgusida bu kabi tadbirlar joylarda hamkor nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar bilan birga o‘tkazilishi belgilab olindi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolik jamiyati institutlari qanday ishlamoqda?