17:15 / 08.11.2019
10 118

DXX Chegara qo‘shinlarining “Sarhad.uz” rasmiy telegram kanali o‘z faoliyatini boshladi

DXX Chegara qo‘shinlarining “Sarhad.uz” rasmiy telegram kanali o‘z faoliyatini boshladi
Bugungi kunda DXX Chegara qo‘shinlarida olib borilayotgan islohotlar va harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati xususidagi xabar va yangiliklarni yurtimiz fuqarolariga o‘z vaqtida yetkazish maqsadida Telegram messendjerida DXX Chegara qo‘shinlarining “Sarhad.uz” nomli rasmiy telegram kanali o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu kanalda DXX Chegara qo‘shinlarida olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining o‘quv jangovar harakatlari hamda Davlat chegaralarini qo‘riqlash va xalq tinchligini ta’minlashdagi xizmat faoliyati, shuningdek, Davlat chegarasi buzuvchilarining noqununiy hatti-harakatlari xususidagi xabar va yangiliklar, harbiy xizmatchilarning ijod namunalari, xizmat faoliyati bilan bog‘liq tadbirlar, audio va video materiallar berib boriladi.
Kanal manzili:@sarhad_uz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Chegara qo‘shinlarining “Sarhad.uz” rasmiy telegram kanali o‘z faoliyatini boshladi