Akusherlik va ginekologiya markazidagi uyushgan jinoyatchilik fosh etildi

  • 09 noyabr 2019, 00:16
  • 2 325
  • Jamiyat
  • Akusherlik va ginekologiya markazidagi uyushgan jinoyatchilik fosh etildi
    Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan «Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi»da o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

    Ma’lum bo‘lishicha, markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, «Davr bank»ning Yunusobod filiali, «Ipak yo‘li» bankining Mirzo Ulug‘bek filiali xodimlari hamda «T.S», «S.F» MChJlari mansabdor shaxslari, «X.U» va «S.P.» xususiy korxonalari rahbarlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, 2018 va joriy yilning o‘tgan davrida markazning jami 15,3 mlrd. so‘m pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.

    Hozirda «Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Akusherlik va ginekologiya markazidagi uyushgan jinoyatchilik fosh etildi