23:11 / 08.11.2019
4 712

Zoir Mirzayev rahbarlardan majburiy tarzda kredit olishni talab qildi

Zoir Mirzayev rahbarlardan majburiy tarzda kredit olishni talab qildi
Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi boshqarmalarda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqonobodlik rahbarlarga o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda kutubxona qurish talabini qo‘ydi. Bu haqda hokimning Dehqonobodga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi, deb yozadi Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati.

— Bugungi kunda viloyatdagi katta boshqarmada faoliyat yurityapsiz, bu quvonarli, ammo tuman uchun — tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingiz uchun nimadir qildingizmi, – deya savol berdi viloyat hokimi rahbarlarga qarata. – Kutubxonani qayerdandir o‘g‘irlab kelingan pulga emas, o‘z nomingizga olingan kredit mablag‘i evaziga qurasiz, kutubxona uchun bankdan nomingizga kredit olingan yoki olinmaganligi bilan shaxsan o‘zim qiziqaman, — degan viloyat rahbari.

Yig‘ilishda, shuningdek viloyatdagi 16 ta tijorat banklariga dehqonobodlik tadbirkorlarni topib, tuman uchun esda qolarli ish qilish talabi ham qo‘yildi.

Hokimlik axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, “O‘zsanoatqurilishbank”ning viloyat filiali tumandagi bog‘chalar uchun artizan kovlab, suv chiqarib berish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda respublikamiz tijorat banklarida yillik o‘rtacha 30 %dan kredit mablag‘lari berilmoqda.

Viloyat hokimi viloyatning chekka qishloqlarida quriladigan kutubxona o‘zining xarajatlari, jumladan elektr to‘lovi, mol-mulk solig‘i, yer solig‘idan tashqari yiliga 30 %lik bank kreditini ham qoplashi kerakligi haqida o‘ylab ko‘rganmikan? Kutubxonani qurdirgan davlat amaldori ushbu to‘lov va xarajatlarni qoplash uchun kutubxonani pulli qiladimi yoki xalq uchun bepul qilinadigan kutubxonaning xarajatlari amaldorning peshona terisi bilan topilgan oylik maoshi hisobidan qoplanadimi? Xabarda bu savollarga aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zoir Mirzayev rahbarlardan majburiy tarzda kredit olishni talab qildi