16:45 / 09.11.2019
2 951

MIB tashabbusi keng quloch yoymoqda: Namanganda 50 nafardan ortiq ehtiyojmand oilalarning qarzdorliklari to‘lab berildi

MIB tashabbusi keng quloch yoymoqda: Namanganda 50 nafardan ortiq ehtiyojmand oilalarning qarzdorliklari to‘lab berildi
Xakimboy So‘fiyev Namangan shahrining Majnuntol mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Xonadonning foydalanilgan elektr energiyasidan 410 ming so‘m qarzdorligi bor. Boz ustiga berilgan qarzdorlik evaziga berilgan talabnomadagi to‘lovni amalga oshirilmagani uchun tarmoqdan vaqtincha ajratilgan va qayta ulov uchun 446 ming so‘m jarima ham bor edi.

Hududga biriktirilgan davlat inspektorining ta’kidlashicha ushbu oila ehtiyojmandligi uchun qarzdorlik to‘planib qolgan. Kuni kecha Byuroning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan saxovat tadbirlari xonadon egalarini xursand qildi. Aynan qarzdorlik mahallada yashovchi tadbirkor tomonidan to‘lab berildi.

- Byuroning Namangan shahar bo‘limiga katta rahmat deydi, fuqaro Xakimboy So‘fiyev. 5 noyabr kuni xonadonimizga kelib qarzdorlik bartaraf etilgani haqidagi to‘lov kvitansiyasini taqdim etishgani oilamizni xursand qildi.
Darhaqiqat Byuroning Namangan shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday mazmundagi tadbirlar bois ko‘plab ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorliklari to‘lab berilmoqda.

Uchqo‘rg‘on tumanining Sholdirama mahallasida yashovchi Xolisxon Valiyevaning ham elektr energiyasidan 350 ming so‘m qarzdorligi bor edi. Xududga biriktirilgan davlat inspektorining mahalla faollari bilan olib borgan hamkorligi samara berib, ushbu oilaning ham qarzdorligi to‘lab berildi. Shuningdek tumanning Qozoqovul mahallasida istiqomat qiluvchi Sohibovlar xonadonining ham elektr energiyasidan bo‘lgan 520 ming so‘m qarzdorliklari homiylar yordamida to‘lab berildi.

- Byuroning Uchqo‘rg‘on tumanida tegishli hamkor tashkilotlar bilan har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarning ro‘yxatlari shakllantirildi, - deydi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Nozimjon Idrisov. Ushbu oilalarning to‘planib qolgan qarzdorliklarini bartaraf etish bo‘yicha olib borayotgan tushuntirishlarimiz samara bermoqda. Birgina, shu kunga qadar 7 nafar oilaning qarzdorligi to‘lab berildi.

Umuman olganda, 10 kun mobaynida viloyat bo‘yicha 53 nafar ehtiyojmnd oilalarning 30 mln so‘mdan ortiq qarzdorliklari to‘liq to‘lab berildi.
Byuro tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday saxovat tadbirlari Namangan viloyatida ham keng quloch yoymoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB tashabbusi keng quloch yoymoqda: Namanganda 50 nafardan ortiq ehtiyojmand oilalarning qarzdorliklari to‘lab berildi