Denovda 8 ming dollarlik “Marixuana” sotayotganlar ushlandi

  • 09 noyabr 2019, 18:26
  • 468
  • Jamiyat
  • Denovda 8 ming dollarlik “Marixuana” sotayotganlar ushlandi
    Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2019 yil 1 noyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan Denov tumanida tezkor tadbir olib borilgan.

    Tadbir davomida shu tumanda yashovchi muqaddam sudlangan, fuqaro N. Denov tumani hududida sof og‘irligi 732.49 gramm bo‘lgan 200 dona gugurt qutiga joylangan “Marixuana” giyohvandlik moddasini 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

    Shuningdek, tezkor tadbirda N.ning uyi ko‘zdan kechirilganida, shkafdan 3,34 gr “Marixuana” giyohvandlik moddasi olingan.
    Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, ushbu giyohvandlik moddasi Denov tumani Kuyovsuv mahallasida yashovchi fuqaro A.dan olinganligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng, fuqaro A.ning yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirilgan. Uning uyidan esa 194,09 gr “Marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Denov tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro N. va A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Denovda 8 ming dollarlik “Marixuana” sotayotganlar ushlandi