23:53 / 09.11.2019
3 251

Sirdaryoda 16 yo‘lovchisi bilan ag‘darilgan Isuzu haydovchisi javobgarlikdan ozod qilindi

Sirdaryoda 16 yo‘lovchisi bilan ag‘darilgan Isuzu haydovchisi javobgarlikdan ozod qilindi
Foto: Telegram
Sirdaryoda Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tuman sudida transport vositasini boshqarish xavfsizligi qoidalariga amal qilmagan holda, yo‘lovchilarning o‘rtacha og‘ir va hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohatlari olishlariga sabab bo‘lgani bilan bog‘liq jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Postda.uz» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isuzu haydovchisi shu yilning 11 iyul kuni soat 11:00 larda o‘z boshqaruvidagi ichida 20 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan Isuzu avtobusini Yangiyer—Guliston yo‘nalishi bo‘yicha haydab ketayotib yo‘l harakati qoidalari talablariga rioya qilmagan.

Shu paytda noma’lum shaxs boshqaruvida bo‘lgan Spark’ning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotganligi sababli transport vositasining tezligini uni to‘la to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirish yoki to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rmagan.

Natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, avtobus yo‘lning o‘ng chetidagi pastlikka ag‘darilib ketgan. Oqibatida avtobus salonida bo‘lgan 16 nafar yo‘lovchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialiga yotqizilgan.

Isuzu haydovchisi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismida, ya’ni transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lishi jinoyatini sodir etgan deb topilgan.

Sudda YTHda turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olgan yo‘lovchilar ahvoli inobatga olinib, ayblanuvchi tomonidan barcha jabrlanuvchilar olgan zararlar to‘liq qoplangani sababli ayblanuvchining jazodan ozod etish to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda 16 yo‘lovchisi bilan ag‘darilgan Isuzu haydovchisi javobgarlikdan ozod qilindi