13:40 / 12.11.2019
3 173

Milliy gvardiya faoliyati qonun bilan tartibga solinadi

Milliy gvardiya faoliyati qonun bilan tartibga solinadi
2019-yil 12-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Qayd etilganidek, loyihada Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari, tuzilishi, shaxsiy tarkibi, huquqiy holati, faoliyat yoʻnalishlari, qonun loyihasida qurol-yarogʻ, jismoniy kuch ishlatish tartibi hamda maxsus vositalarni qoʻllash, xizmatga kirish va xizmat oʻtashning umumiy shartlari hamda qoidalari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish choralari aniq bayon etilgan.

Taʼkidlanishicha, loyihada umummilliy qadriyatlarga tayangan holda, Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, fuqaro hamda shaxsning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi, harakatchanlik, tezkorlik, doimiy jangovar tayyorgarlik va boʻlinmalarning oʻzlariga qoʻyilgan vazifalarni samarali hal qilish tamoyillari qamrab olingan.

Loyihani ishlab chiqishda milliy qonunchilik, shuningdek, Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozogʻiston kabi xorijiy davlatlarning tajribasi atroflicha tahlil qilingan. Mazkur qonun loyihasi 2019-yil 12-iyunda regulation.gov.uz saytiga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilib, kelib tushgan takliflar asosida loyihaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan.

Ushbu qonun loyihacining qabul qilinishi Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining oʻz xizmat va harbiy majburiyatlarini ishonchli, tashabbuskorlik asosida, aniq qonunga tayangan holda amalga oshirishiga mustahkam huquqiy zamin yaratadi.

Deputatlar mazkur qonun loyihasini istisno tariqasida biryoʻla uch oʻqishda qabul qilish taklifini bildirdilar. Taklif maʼqullandi va qonun uch oʻqishda qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy gvardiya faoliyati qonun bilan tartibga solinadi