15:40 / 12.11.2019
3 114

Oilaviy tadbirkorlarga yana bir qulaylik

Oilaviy tadbirkorlarga yana bir qulaylik
Parlament quyi palatasining 2019 yil 12 noyabrda o‘tkazilgan navbatdagi majlisida «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasi joriy yilning 24 oktyabr kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilingan. O‘tgan vaqt mobaynida mas’ul qo‘mita hamda ishchi guruh tomonidan loyihaning qoida va normalari takomillashtirildi. Norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, havolaki normalar chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan moddalar kiritildi.

Qonun loyihasiga kiritilgan muhim yangiliklardan biri — endilikda oilaviy tadbirkorlar tomonidan noturar-joy bino-inshootlaridan foydalanilganda ko‘rsatilgan kommunal xizmatlarga to‘lovlar aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Deputatlar ta’kidlaganidek, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi hududlarda oilaviy tadbirkorlarning ko‘payishi, milliy hunarmandchilikni yanada rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘ladi.

Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oilaviy tadbirkorlarga yana bir qulaylik