16:04 / 12.11.2019
4 546

Qashqadaryoda besh erkak 26 yoshli qizning nomusiga tegishdi

Qashqadaryoda besh erkak 26 yoshli qizning nomusiga tegishdi
Ushbu jinoyatning qisqacha tafsiloti bilan tanishgan kishi ham nafratlanadi, ham hayratlanadi. Nafratlanarlisi shuki, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi o‘ttiz yoshdan oshgan besh nafar fuqaro joriy yilning oktyabr oyida, tungi soat 1.30 da ko‘chada ketayotgan 26 yoshli M. T.ni majburlab mashinaga o‘tqizib, ovloq joyga olib borishadi va nomusiga tegishadi.

Hozirgi kunda jinoyatchilarning barchasi ushlanib, JKning 118-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hayratlanarlisi esa, e’tibor bergan bo‘lsangiz, voqea yarim tunda sodir etilgan. Haqli savol tug‘iladi: yosh qizning shu paytda sababsiz ko‘chada yurishiga ota-onasi qanday yo‘l qo‘yib berdi ekan. Bu ham oilada tarbiya masalasiga e’tiborsizlikdan biri emasmi? Bu kabi savollar ko‘p. Lekin bu singari savollarni jiddiy o‘ylab ko‘rmaslikning oqibati jinoyatlar kelib chiqishiga sabab emasmi?!

Manba: Rostda.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda besh erkak 26 yoshli qizning nomusiga tegishdi