19:53 / 12.11.2019
3 978

MIB "antiqa o‘g‘irlik"ni fosh qildi

MIB "antiqa o‘g‘irlik"ni fosh qildi
Bugungi kunda zamonamiz shiddat bilan rivojlanlanayotgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman degan fuqarolarimizga keng imkoniyatlar yaratilayotgan bir paytda, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarimiz energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning yangidan-yangi usullarini o‘ylab topishmoqda.

Jumladan, Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi hamda shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, “Z.G” MChJ rahbari G.Zaripov jamiyatga qarashli ohak mahsulotlari ishlab chiqarish sexida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ning 25-bandi “d” kichik bandi talablariga zid ravishda tabiiy gazdan foydalanib kelganligi aniqlandi.

Ushbu “shovvoz” Qarorning tegishli bandi talablaridan antiqa usulda “aylanib o‘tdi”. Antiqaligi shundaki, jamiyatdagi “STG” gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazib, uskunaning ichki qismiga tosh bo‘laklarini tashlash orqali sarflanayotgan gazni hisoblash mexanizmini to‘xtatib qo‘yishga erishganligiga nima deysiz?

Byuro xodimlari tomonidan ushbu kirdikorlik fosh qilinib, ta’minotchi korxonaning qayta hisob-kitob dalolatnomasiga ko‘ra, korxona manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani, ya’ni tabiiy gazni noqonuniy iste’mol qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Jamiyat rahbari qilmishini tan olib, yetkazilgan 384 mln. so‘mlik zararni to‘liq qoplab berdi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka ham tortildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB "antiqa o‘g‘irlik"ni fosh qildi