10:17 / 13.11.2019
2 673

MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi

MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi
Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg‘in voqealarga guvoh ham bo‘lib qolishadi.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 17.09.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar K. Adanovdan da’vogar N.Karabayeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini majburiy tartibda olib berish haqidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Quvasoy shahar bo‘limi davlat ijrochisi majburiy ijro kunini belgilagan.

Tabiiyki, bunday ishlar bo‘yicha ota o‘z bag‘rida saqlayotgan ikki nafar farzandini osonlikcha topshirib qo‘yishni xohlamaydi, bu yoqda ona da’vogar, bolalar esa ikki o‘rtada arosatda sarson. Odatda, bunday ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari kuchli bosimlar hamda taraflarning murosasiz qarama-qarshiliklari ta’sirida o‘tkaziladi.

Shu sabab, davlat ijrochisi ushbu majburiy ijro harakatini o‘tkazish tadbiriga ichki ishlar organi, tibbiyot xodimlaridan tashqari mahalla faollari, ilm ahlini ham taklif etadi.

Javobgar K.Adanovning xonadonida N.Karabayeva o‘z farzandlari J.Janibekov va A.Janibekovalarni 2017 yildan buyon ko‘rmaganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rtaga mahalla faollari va ilm ahli aralashgach, ish "g‘isht qolipdan ko‘chganday" juda osonlik bilan hal bo‘ldi-qo‘ydi. Voyaga yetmagan farzandlar endi ham ota, ham ona bilan birga yashaydigan bo‘lishdi.
Holbuki, ushbu ijro hujjati er-xotin va ularning qarindoshlari o‘rtasidagi katta janjallar bilan tugashi ham mumkin edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi